

"Siti" 31 yoshli yarim himoyachisining shartnomasi bo'yicha oxirgi 1 yili qolgan va u qariyb 10 yil davomida faoliyat yuritgan jamoasini tark etishga yaqindek tuyulmoqda.
Kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar olg'a siljimagani sababli Yevropa va boshqa mintaqalardagi qator yetakchi klublar uni safiga qo'shib olish istagida.
"Caught Offside"ning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni klublari unga katta qiziqish bildirib, Silvaga hozirgi maoshidan bir necha barobar yuqori bo'lgan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Italiyada ham "Yuventus", ham "Napoli" portugaliyalik yulduz bilan bitim imzolashga jiddiy qiziqishini saqlab qolmoqda. Xususan, "Yuventus" yanvar oyidayoq transferni amalga oshirish imkoniyatini muhokama qilgan va shartnoma muddati tugashidan oldin "Siti"ni portugaliyalik futbolchidan voz kechishga ko'ndirmoqchi.



