"Espanol" Lukas Vaskesni tarkibga qo'shib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2025
"Espanol" klubi "Real"ning sobiq himoyachisi, hozirda erkin agent maqomidagi Lukas Vaskes bilan shartnoma tuzadi.

Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.

Kataloniya klubi 34 yoshli ispaniyalikni jamoaga o'tishga ko'ndirish uchun taklif tayyorlab qo'ygan.

Vaskes 2007 yildan buyon "Real"da o'ynab kelayotgandi. U jamoa safida 402 ta o'yin o'tkazgan. Bu vaqt ichida 23 ta sovrinni qo'lga kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira