Eshitdik-da! "Lans" ustozi "Nicca"ga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
27 may 2024
"Lans" bosh murabbiyi Frank Ez jamoasini o'zgartirishga yaqin.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, "Lans" ustozi Frank Ez "Nicca"da ishlashi aniq bo'lib ulgurgan. Klub tez orada tayinlov haqida e'lon qiladi. 

Avvalroq "Nicca" bosh murabbiyi Franchesko Farioli "Ayaks"ga yo'l olgandi. "Nicca" Liga 1 joriy mavsumini 5-o'rinda tugatdi va Yevropa Ligasi yo'llanmasiga ega chiqdi.

Ma'lumot o'rnida, Abduqodir Husanov to'p tepadigan "Lans" jamoasi esa ushbu mavsumni 7-pog'onada yakunladi va Konferenciyalar Ligasida qatnashadigan bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia