Eshitdik-da! Diyor Xolmatov jamoasini o'zgartirmoqda

Sherzod Nurmatov
4 dek 2025
"Paxtakor" yarim himoyachisi Diyor Xolmatov faoliyatini Timur Kapadze qo'l ostidagi "Navbahor"da davom ettiradi.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, jarohatdan tiklanayotgan terma jamoa a'zosi namanganliklar bilan 1 yillik shartnoma tuzgan.

23 yoshli xavbek yaqinda Germaniyaning yetakchi jarrohi, tibbiyot fanlari professori, doktor Mirko Xerbort tomonidan muvaffaqiyatli operaciya qilingandi. 

Xolmatov yakuniga etgan mavsum 15 o'yinda maydonga tushib, "2+2" natija ko'rsatdi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia