Eron matbuoti: "Istiqlol" Jeparovsiz qiynalib qoladi

Xayrulla Xoliqov
28 iyul 2018
Xabaringiz bor, hamyurtimiz Server Jeparov "Istiqlol" klubini tark etib, Qozog'istonning "Jetisu" jamoasi tarkibiga qo'shildi.

Eron matbuoti Jeparovning kyetishiga shunday munosabat bildirdi: "Istiqlol" o'zbekistonlik 35 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmadi. Natijada Server Jeparov Qozog'iston klubiga o'tib ketdi. "Istiqlol"ga Jeparov kelgach, jamoa ancha o'zgargandi. Endilikda esa qiynalishi mumkin, chunki Osiyo chempionlar ligasida Jeparov va hujumchi Mame Baba Tiamsiz qolgan jamoaga oson bo'lmaydi".  

"Istiqlol" OCHL chorak finalida Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi bahs olib boradi. Eslatib o'tamiz, Server Jeparov ikki bor (2008, 2011) Osiyoning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com