Erkin agentlardan iborat eng qimmat ramziy terma jamoa

Оқил Абдубарноев
3 iyul 2022
Transfermarkt axborot portali hozirda erkin agent bo'lgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

Eng yuqori narxga ega futbolchi fransiyalik Pol Pogba hisoblanadi. Portal uni 48 million evroga baholamoqda. Qiymati bo'yicha ikkinchi o'rinda Frank Kessi (45 million), hujumchi Paulo Dibala esa kuchli uchlikni (35 million) yakunladi.

Eng qimmat futbolchilar (erkin agent)ning to'liq ro'yxati quyidagicha:

Tomas Strakosha - Alessio Romanoli, Andreas Kristensen, Shansel Mbemba-Mangulu - Pol Pogba, Frank Kessi, Usmon Dembele, Kristian Eriksen, Jessi Lingard - Paulo Dibala, Andrea Belotti.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Transfermarkt