Eplmanager.com: Yap-yangi uchta telefon sizni kutmoqda!

Narzulla Saydullayev
17 okt 2017
Eplmanager.com saytida bu mavsum uchun uchinchi sovrinli liga ishga tushganini xursandchilik bilan ma'lum qilamiz.

Virtual futbolda siz tanlab olgan futbolchilar real hayotda va real o'yinda amalga oshirgan foydali harakatlari orqali sizga ochko keltirishadi. Siz tuzgan jamoa futbolchilari Angliya premer-ligasida boshqalardan ko'ra ko'proq ochko to'plashsa siz g'olib bo'lasiz. Eplmanager.com saytiga kirib ro'yxatdan o'ting va jamoa tuzing. O'yin qoidalari bo'limida barchasi batafsil yozilgan.  

20 oktyabr kuni Angliya premer-ligasida 9-tur bahslari start oladi. Xuddi shuni kuni Eplmanager.com saytida "888 League" ham boshlanadi. Eng ko'p ochko olgan uchta ishtirokchi Galaxy Note 8, iPhone 8 va Galaxy S8 telefonlarini qo'lga kiritadi.

"888-league" 9-turdan boshlanadi va 19-turda yakunlanadi. 

Demak, Eplmanager.com saytiga tashrif buyuring qimmatbaho sovg'alar yutib oling. Eslatib o'tamiz, bitta ishtirokchi bir nechta ligalarda ishtirok eta oladi.

8-8-8 League (9-turdan - 19-turgacha)

Sovrin:

1-o'rin - Galaxy Note 8
2-o'rin - iPhone 8
3-o'rin - Galaxy S8



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia