Enso Fernandes "Chelsi"dan maoshini oshirishni talab qilmoqda

Alisher Ostonov
31 yanv 2026
"Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandes yangi shartnomaga ega bo'lmoqchi.

Bu haqda jurnalist Nizar Kinsella xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchining fikricha, uning joriy mavsumdagi o'yinlari maoshi oshirilgan yangi shartnomani muhokama qilishga asos bo'la oladi. Agentlar almashganidan so'ng, xavbekning yangi vakillari "Chelsi"ga tez orada yangi bitim bo'yicha muzokaralarni boshlashni istayotganini ma'lum qilishdi.

Enco Fernandesning "Chelsi" bilan shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi joriy mavsum 34 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NizaarKinsella