"Endi Saudiya Arabistoni chempionati haqida ham ko'p eshitamiz" - Pirlo

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2023, 15:31
"Sampdoriya" bosh murabbiyi Andrea Pirlo Saudiya Arabistoni klublarining transfer bozoridagi faolligi haqida fikr bildirdi.

"Bir necha yil oldin Qatarda bo'lgani kabi yangi bozor paydo bo'ldi. Futbol ham hayot kabi yangi imkoniyatlar beradi. Endi Saudiya Arabistoni chempionati haqida ham ko'p eshitamiz. Balki bu liga dunyodagi eng yaxshisi bo'lar", – dedi Pirlo.

Italiyalik mutaxassis shu yozda "Sampdoriya" boshqaruviga kelib, 2025 yil o'rtalariga qadar shartnoma imzolagandi. Jamoa keyingi mavsumda B Seriyada o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia