Eldor Shomurodov Turkiya Superligasi 21-tur ramziy jamoasidan joy oldi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2026
"Istanbul Bashakshehir" hujumchisi SofaScore talqinida Turkiya Superligasi 21-tur ramziy jamoasiga kiritildi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori "Eyuyspor" bilan bahsda jamoasining g'alaba keltirgan golini urgandi (2:1). 

Ma'lumot o'rnida, Shomurodov "15+4" ko'rsatkich bilan chempionat to'purari bo'lib turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SofaScore