

Dastlabki uchrashuvdagi jangovar durangdan (3:3) so'ng, ispan jamoasi o'z maydonida raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Uchrashuvning asosiy qahramoni ajoyib xet-trik qayd etgan hujumchi Aleksandr Syorlot bo'ldi, yana bir gol Jonni Kardozo hisobiga yozildi.
24 fev 2026, 22:45
Atlético Madrid — Club Brugge

4 – 1
Tugadi

"Atletiko" M - "Bryugge" 4:1
Gollar: Syorlot 23, Kardozo 48, Syorlot 76, Syorlot 87 - Ordones 37.
"Atletiko": Oblak, Lorente, Pubil, Gancko, Rudjeri, Koke, Simeone, Kardozo, Alvares, Syorlot, Baena.
"Bryugge": Minole, Sabbe, Ordones, Mexele, Seys, Dzolis, Vanaken, Vetlesen, Stankovich, Trezoldi, Forbsh.
Madrid klubi musobaqaning keyingi bosqichiga dadil qadam tashladi, endi ularning 1/8 finaldagi raqibi Angliyaning "Liverpul" yoki "Tottenxem Xotspur" jamoalaridan biri bo'ladi. Eslatib o'tamiz, musobaqaning hal qiluvchi final bahsi 2026 yilning 30 may kuni Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tadi.



