YCHL. "Shaxtyor" vakili Lasina Traore "Inter" bilan o'yinda daxshatli jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
28 sen 2021
YCHL ikkinchi turi doirasida "Shaxtyor" va "Inter" klubilari o'zaro bahs olib borishmoqda.

Uchrashuvning ettinchi daqiqasida "Shaxtyor" futbolchisi Lasina Traore "Inter" vakili Dyumfris bilan to'qnashdi. To'p uchun kurashdan so'ng erga yiqilgan Dyumfris butun tanasi bilan Lasina Traorening o'ng oyog'i ustiga tushdi. Natijada Lasina Traorening oyog'i juda qattiq shikastlandi. Futbolchining tiklanishi uchun esa, katta ehtimol, uzoq vaqt talab etiladi.  



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia