YCHL pley-off bosqichida foydalaniladigan to'p namoyish etildi

Sherzod Nurmatov
12 fev 2024
Undan finalda ham foydalaniladi.

UEFA va Adidas ijtimoiy tarmoqlarda Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi va final uchrashuvi uchun to'pni taqdim etdi. Ushbu model UCL Pro Ball London deb ataladi.



To'p Adidas kompaniyasining turli texnologiyalari, jumladan, Prisma teksturasi bilan jihozlangan bo'lib, u to'pni yaxshiroq boshqarishni taminlaydi. Choksiz dizayn maksimal o'yin samaradorligini taminlaydi.

Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi 13 fevral kuni boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com