YCHL, final. Boateng birinchi bo'limda almashtirildi

"Bavariya" va PSJ o'rtasidagi YCHL finalining birinchi taymi nihoyasiga etdi (0:0).

Uchrashuvning birinchi bo'limida nemis klubi ustozi Xans-Diter Flik majburiy o'zgarishni amalga oshirdi. Gap shundaki, "Bavariya" himoyachisi Jerom Boteng raqib forvardi Mbappe bilan to'qnashuvdan keyin jarohat oldi va o'yinni davom ettira olmasligi ma'lum bo'ldi. 25-daqiqada Jeromning o'rniga Niklas Zyule maydonga tushirildi.

31 yoshli futbolchi maydonni shifokorlar yordamida tark etdi.


Manba: championat.asia