Duglas Kosta va Chicharitoning gollari "Los-Anjeles Gelaksi"ni "Sietl"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan qutqara olmadi

Alisher
13 mar 2022
"Los-Anjeles Gelaksi" MLS muntazam chempionatida "Sietl"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mehmonlar tarkibida Chicharito va Duglas Kosta gol urishdi, mezbonlardan esa Jordan Morris, Fredi Montero va Xaver Arreagi o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishdi.

"Los-Anjeles Gelaksi" ushbu o'yindan so'ng 6 ochko jamg'argan holda G'arbiy konferenciyada uchinchi o'rinda bormoqda, "Sietl" esa 3 ochko bilan ettinchi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia