Draksler "Al Ahli"ni emas, PSJni tanladi

Aslanov Jasurbek
10 sen 2023
Yulian Draksler Qatar chempionatida o'ynashdan bosh tortdi.

Oldinroq, Draksler va uning PSJdagi jamoadoshi Marko Verratti Qatar ligasi jamoasiga o'tishi mumkinligi aytilgan edi. Nemis yarim himoyachisiga "Al Ahli" qiziqayotgandi.

Ammo ma'lumotlarga ko'ra, Yulian Qatarda o'ynashni xohlamadi. U PSJda qoladi.

Draksler 2017 yil PSJga o'tgan edi. Futbolchi o'tgan mavsum ijara asosida "Benfika" sharafini himoya qildi, uning parijliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal