Dostonbek Hamdamov: “Bugungi raqib bizdan kuchli emasdi”

Administrator
18 sen 2024
OFK Elit Chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan “Paxtakor” - “Al-Vasl” (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar vakili Dostonbek Hamdamov miks-zonada o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Avvalo uchrashuvga tashrif buyurib, qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga raxmat aytaman. G'alaba uchun astoydil harakat qildik. Biroq, qancha urinmaylik, to'p darvoza to'riga kirmadi. Navbatdagi uchrashuvlarga yanada jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

- Bugungi uchrashuvda “Al Vasl” ustunlik bilan o'ynagandek ko'rinmadi. “Paxtakor”ga g'alaba uchun nima yetishmadi deb o'ylaysiz?

- To'g'ri aytdingiz, bugun raqibimiz bizdan kuchli emasdi. Teng kurashlar ostidagi o'yin bo'ldi. Birgina standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. “Al Vasl” yaqqol golli hujum tashkil qila olmadi.

- “Paxtakor”ning Elit Chempionlar Ligasidagi maqsadi qanday?

- Har bir o'yinda g'alaba qozonish maqsadimiz bor. Shu maqsad yo'lida barchamiz harakat qilamiz.

- Superligada “Nasaf” ochkolar borasida ilgarilab ketdi. Nima deb o'ylaysiz, “Paxtakor” bu yilgi mavsumda chempion bo'la olmaydimi?

- Hozirdan bunday deb hisoblash to'g'ri bo'lmaydi. Biz albatta harakat qilamiz. Mavsum yakunida qaysi jamoa chempion bo'lishi aniq bo'ladi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia