Diyor Xolmatov: "Yangi liboslarning sifatiga gap yo'q"

Administrator
3 sen 2025
CAFA Nations Cup 2-turidan o'rin olgan Turkmaniston – O'zbekiston (1:2) uchrashuvidan so'ng Diyor Xolmatov o'yin haqida gapirdi.

– O'yin zo'r va qiyin o'tdi. Muhimi g'alaba. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

– Hisob yanayam yirik bo'lishi mumkin edi. Nima yetishmadi?

– Bitta kam o'ynadik, shunga ham vaziyatlar kam bo'ldi. Bitta kam o'ynasangiz, charchoq seziladi. Vaziyatlar ham kam bo'ladi. 

– Birinchi o'rinni egallash uchun uchinchi o'yinda ko'proq gol urish kerak. Birinchi o'rinni olishimizga ishonasizmi?

– Xudo xohlasa, uchinchi o'yinda g'alaba qozonamiz. Bizga faqat g'alaba zarur. 

– O'z o'yiningizdan qoniqdingizmi?

– Bugun qanday o'ynaganimni dadamdan so'rayman. 

– Bu yilgi yangi brenddagi liboslar haqida gapirsangiz...

– Terma jamoaning yangi liboslari juda zo'r, sifatiga gap yo'q. Qulay. 

– Yangi stadion haqida fikringiz qanday?

– Yangi stadion holati ham juda yaxshi, faqat futbol o'ynash kerak. 



AdministratorMuallif
Manba: championat.asia