Dimitri Payet 80 foiz maoshidan voz kechdi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2020
"Marsel" yarim himoyachisi Dimitri Payet klub bilan shartnomasini uzatirdi.

"L’Équipe" xabariga ko'ra, 33 yoshli xavbek "Marsel" bilan shartnomasini 2024 yil yoziga qadar uzaytirdi. U 2020/21 yilgi mavsum uchun kelishilgan 50 foiz maoshidan, shuningdek, 2021/22 yilgi mavsumdagi 30 foiz bonuslar va evrokuboklar uchun ajratiladigan maoshdan voz kechgan. Bunga koronavirus pandemiyasi sababli bo'layotgan inqiroz sabab bo'ldi.

Ushbu mavsumda Payet "Marsel" tarkibida barcha turnirlarda 27 o'yinda qatnashdi va 12 bora raqiblari darvozasiga yo'l topdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Équipe