Diego Forlan iste'foga chiqarildi

Eldor Akmurzayev
1 sen 2020, 21:10
“Penyarol” matbuot xizmati klub bosh murabbiyi Diego Forlanning iste'foga chiqqanini e'lon qildi.

Uning o'rniga Urugvay jamoasini Mario Saralegi boshqaradi.

“Penyarol” 41 yoshli Forlan uchun murabbiylik faoliyatidagi ilk klubga aylangandi. U jamoa bilan o'tgan mavsum Primerada “Nasonal”dan atigi bir ochko ortda qolib, ikkinchi o'rinni egallagan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/OficialCAP