Dida “Milan”ga qaytdi

5 avg 2019, 08:20
Braziliya terma jamoasi sobiq posboni “Milan” klubiga qaytdi.

Ma'lum qilinishich, Dida “Milan”ning 17 yoshgacha bo'lgan jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi. U tez orada yangi ish faoliyatini boshlaydi.

Ma'lumot uchun, Dida “Milan” safida 302 ta o'yin o'tkazgan. “Rossonerilar” bilan Dida A Seriya va YCHLda g'olib bo'lgan.


Manba: “Милан“ расмий сайти