BAA Pro ligasi. O'zbek derbisida Abdullaev jamoasi Shukurov o'ynayotgan "Bani Yas"ni mag'lub etdi

Alisher Ostonov
7 fev 2026
BAA Pro ligasi 15-tur doirasidagi "Dibba" - "Bani Yas" o'yini bo'lib o'tdi.

"Dibba" safida Abdulla Abdullaev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi, "Bani Yas" safida esa Otabek Shukurov asosiy tarkibda maydonga tushirildi, ammo tanaffusda almashtirildi. Bahs "Dibba"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Dibba" ushbu g'alabadan so'ng 12 ochko bilan 12-o'ringa ko'tarilib oldi, "Bani Yas" esa 11 ochko bilan musobaqaning so'nggi, 14-o'rnida bormoqda.


7 fev 2026, 18:25
Dibba Al Fujairah — Bani Yas
2 – 1
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia