Diasning agenti Marianoning "Real"dagi kelajagi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
4 apr 2023, 21:18
"Real" futbolchisi Mariano Diasning agenti David Aranda mijozining "qirollik klubi"dagi kelajagi haqida gapirdi.

"Futbolchiga APL, A Seriya va Bundesligadan qiziqishlar bor. Mariano Yevropada qolishi kerak. U o'zini baxtli his qiladigan jamoada o'ynamoqchi. Bu uni "Real"da baxtsiz degani emas, chunki uning shartnomasi yakunlanmoqda.

Hozir jamoa tanlash jarayonidamiz. Hozir har 3 oyda futbolchi uchun jamoa taklif bilan chiqmoqda", - dedi Aranda.

Ushbu mavsumda Dias LaLigada umumiy hisobda 51 daqiqa o'ynadi. 29 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi ushbu mavsum yakuniga etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal