HERE WE GO: Omar Marmush - "Manchester Siti" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
17 yanv 2025
"Manchester Siti" Omar Marmushning transferini e'lon qilishga yaqin.

Tekinga o'z tarkibiga qo'shib olgan futbolchini "Ayntraxt" 60 mln evroga sotmoqda. Forvard "shaharliklar" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

Ushbu mavsumda misrlik hujumchi 26 o'yinda 20ta gol va 14 assist qayd etib, Bundesligada Xarri Keyndan keyingi to'purar bo'lib turgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano