

“Oq-havoranglilar” bosh murabbiyi Lionel Skaloni bugungi matbuot anjumanida ikkala futbolchi ham Xorvatiyaga qarshi yarim finalda o'z jamoasiga yordam berishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Eslatib o'tamiz, di Mariya Argentina terma jamoasining ushbu mundialdagi atigi bitta o'yinini asosiy tarkibda boshladi. De Paul esa muntazam ravishda boshlang'ich tarkibda maydonga tushmoqda.



