David Vilya "Atletiko"ga qaytdi

Sherzod Nurmatov
13 mar 2026
Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2010 yilgi Jahon chempionati g'olibi bo'lgan David Vilya Madridning "Atletiko" klubi direktorlar kengashi tarkibiga kirdi.

Bu haqda poytaxt klubining rasmiy sayti xabar qildi.

44 yoshli sobiq hujumchi "Atletiko" safida 2013/14 yilgi mavsumda to'p tepgan va jamoaga Ispaniya chempionligini qo'lga kiritishda yordam bergan.

Futbolchilik faoliyati davomida u "Sporting" Xixon, "Valensiya", "Barselona", "Nyu-York Siti", "Melburn Siti" va "Vissel Kobe" klublarida o'ynagan.

Vilya Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U milliy jamoa safida 98 o'yin o'tkazib, 59 ta gol urgan. Terma tarkibida Evro-2008 va JCH-2010 musobaqalarida zafar quchgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com