David Luis faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Londonning “Arsenal” klubida to'p tepgan braziliyalik himoyachi David Luiz Fransiyaning “Marsel” klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda Get French Football News nashri xabar bermoqda.

Futbolchining xizmatlariga shaxsan “Marsel”ning argentinalik murabbiyi Xoxe Sampaoli qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, Luiz 2014-2016 yillarda PSJ tarkibida Fransiya chempionatida to'p tepgan. O'tgan mavsumda u “Arsenal” tarkibida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urishga erishdi.

Transfermarkt.de xabariga ko'ra, ayni paytda futbolchi jarohatini davolash bilan band.

“Marsel” o'tgan mavsum Fransiya chempionatida 38 uchrashuvda 60 ochko jamg'arib, 5-pog'onani egalladi. Jamoa bahslarni Yevropa Ligasi guruh bosqichi bellashuvlari bilan boshlaydi.


Manba: Get French Football News