
Gap shundaki, SSKAning titul homiysi “VEB Bank“i Yevropa Ittifoqi tomonidan sankciyalar ostida qolgan. Shveytsariya qonunchiligida sankciyalar ostidagi xo'jalik yurituvchi subektdan haq olish taqiqlaydi. Shu tariqa, Shveytsariya terma jamoasining sobiq futbolchisi qonuniy ravishda maoshini Shveytsariyadagi hisob raqamiga o'tkaza olmaydi va bu pulni o'z vatanida ishlata olmaydi.
Qayd etilishicha, agar Fabio Chelestini SSKAdan maosh olib Shveytsariyaga qaytsa, 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Agar u moskvaliklar jamoasi tomonidan to'langan maoshni ushbu mamlakatda sarflamasa, u jinoiy javobgarlikdan qutilib qoladi.