SSKA vingeri Turkiya klubiga o'tishi mumkin

Khoja
16 iyun 2025
SSKA yarim himoyachisi Matvey Kislyak faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchiga “Fenerbaxche“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu transferni istanbulliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyuning o'zi istamoqda. Moskva jamoasi 19 yoshli futbolchining transferidan 20-25 million evro atrofida ishlab olmoqchi.

Matvey Kislyak o'tgan mavsum 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 1 ta golli uzatma bor. Transfermarkt nashri futbolchini 8 million evroga baholamoqda.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru