

Qayd etilishicha, “Chelsi” darvozaboni Eduard Mendi Senegal terma jamoasi ixtiyorida bo'lgan vaqtda sonidan jarohat olgan. Endi Mendi London klubi ixtiyoriga qaytadi. Jarohatning qay darajada jiddiy ekanligi va uning qachon safga qaytishi haqida ma'lumot berilmagan.
Eslatib o'tamiz, Mendi 24 sentyabr kuni “Chelsi” futbolchisiga aylangandi. Londonliklar uning transferi uchun 24+6 mln evro sarflagani haqida ma'lumotlar berilgan.




