"Chelsi"ga qarshi o'yin qadnomasida Ramos, Marselo, Mendi va Valverde bor. Varan Londonga uchmadi

Omonjon To`xtamirzayev
4 may 2021
YCHL yarim finali javob o'yinida "Chelsi" qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin bo'lgan qator o'yinchildar Buyuk Britaniyaga yo'l oldi.

Yarim himoyachi Federiko Valverde koronavirusga manfiy test topshirdi va qaydnomaga kiritildi. Shuningdek, jamoa himoyachisi Marselo Madrid Assambleyasidagi saylov mash-mashalaridan "qutilib", navbatdagi o'yinga jamoa bilan birga yo'l oldi.

Qaydnomaga jamoa sardori Serxio Ramos, chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi ham qaytganini alohida takidlash lozim. Biroq markaziy himoya vakili Rafael Varan jarohati sabab bu bellashuvni o'tkazib yuboradi.




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia