"Chelsi" Xulian Alvares uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2026
"Chelsi" "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "Sport Witness" xabar bermoqda.

Biroq argentinalik futbolchiga davogarlar faqat "Chelsi" emas. Uni qo'lga kiritishga "Arsenal", PSJ va "Barselona" ham qiziqmoqda.

Barcha klublar mavsum yakunlanganidan so'ng Xulian bilan bitim imzolash variantni ko'rib chiqmoqda. Futbolchining o'zi esa "Barselona"ga o'tishni afzal ko'radi, ammo kataloniyaliklar moliyaviy jihatdan bu transferni ko'tara oladimi-yo'qmi, hozircha noma'lum.

Yaqinda futbolchining agenti Angliyada bo'ldi. OAV taxminiga ko'ra, u London klublari vakillari bilan muzokaralar o'tkazgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Witness