“Chelsi” va “Arsenal”da o'ynagan 30 futbolchi, Villian navbatdagisi

Eldor Akmurzayev
14 avg 2020, 16:33
Biroz oldin, “Chelsi” vingeri Villian erkin agent sifatida “Arsenal” bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

U Londonning 2 yetakchi klubida o'ynaydigan hisob bo'yicha 31-futbolchiga aylandi.

“To'pchilar” va “aristokratlar” sharafini himoya etishga muvaffaq bo'lgan ilk futbolchi esa shotlandiyalik Sendi Makfarlan hisoblanadi. U uzoq 1896-1897 yillar “Arsenal” safida to'p tepgan bo'lsa, 1913-1914 yillar davomida “Chelsi” safida o'ynagan edi.

Xullas, ikkala jamoada ham harakat qilgan va ko'pchilikka tanish bo'lgan bazi o'yinchilarni yodga olamiz:

Emmanuel Peti (Fransiya) - yarim himoyachi

Arsenal (1997-2000);

Chelsi (2001-2004)

Nikolya Anelka (Fransiya) - hujumchi

Arsenal (1997-1999);

Chelsi (2008-2012)

Eshli Koul (Angliya) - himoyachi

Arsenal (1997-2006);

Chelsi (2006-2014)

Sesk Fabregas (Ispaniya) - yarim himoyachi

Arsenal (2003-2011);

Chelsi (2014-2019)

Olive Jiru (Fransiya) - hujumchi

Arsenal (2012-2018);

Chelsi (2018-…)

Jorj Grem (Shotlandiya)

Chelsi (1964-1966);

Arsenal (1966-1972)

Vilyam Gallas (Fransiya) - himoyachi

Chelsi (2001-2006);

Arsenal (2006-2010)

Lassana Diarra (Fransiya) - yarim himoyachi

Chelsi (2005-2007)

Arsenal (2007-2008);

Yussi Benayun (Isroil) - yarim himoyachi

Chelsi (2010-2013);

Arsenal (2011-2012)

Petr Chex (Chexiya) - darvozabon

Chelsi (2004-2015);

Arsenal (2015-2019)

David Luis (Braziliya) - himoyachi

Chelsi (2011-2014 va 2016-2019);

Arsenal (2019-...)

Villian (Braziliya) - vinger

Chelsi (2013-2020);

Arsenal (2020-...)

Shuningdek, Jimmi Sharp, Bob Ternbull, Styuart Xyuston, Jonni Paton, Tommi Doxerti (barchasi Shotlandiya), Lesli Nayton, Ted Dreyk, Tommi Louton, Bill Dikson, Alan Yang, Jon Xollins, Tommi Baldvin, Alan Xadson, Grem Riks, Kolin Peyts, Klayv Allen, Devid Rokasl (barchasi Angliya), Piter Nikolas (Uels) ham qizil va ko'k libosda o'ynashga muvaffaq bo'lgan.

Davlatlar bo'yicha:

Angliya vakillari – 13 nafar

Shotlandiya – 7

Fransiya – 5

Braziliya – 2

Uels, Chexiya, Isroil, Ispaniya - bir nafardan

Eldor Akmurzaev tayyorladi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia