Chelsi Tuxel bilan ketma-ket 4 ta o'yinda g'alaba qozondi

Aziz Tukhtamuradov
12 fev 2021, 09:11
Chelsi Angliya kubogi 1/8 final o'yini doirasida Barnslini mag'lub etdi - 1:0.

Bu londonliklar uchun ketma-ket to'rtinchi g'alaba bo'ldi. Bungacha jamoa Bernli (2:0), Tottenxem (1:0) va Sheffild Yunayted (2:1) klublaridan ustun kelgandi. 

Tomas Tuxel jamoaga kelganidan so'ng klub 5 ta o'yin o'tkazdi va ularning to'rttasida g'alaba qozondi, faqatgina Vulverxempton bilan durang qayd etildi. 

Chelsi keyingi o'yinini APL doirasida Nyukaslga qarshi o'tkazadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru