"Chelsi" Saulni sotib olmaydi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2021, 21:20
Londonning "Chelsi" klubi hozirda ingliz klubida ijarada o'ynayotgan "Atletiko Madrid" yarim himoyachisi Saul Nigesni sotib olmaydi, deb xabar berdi La Razon.

Manbaga ko'ra, London klubi yarim himoyachini 40 million evroga sotib olish variantini faollashtirmaydi.

Saul joriy mavsumda "Chelsi" tarkibida atigi 3 ta o'yin o'tkazgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Razon