"Chelsi" "Lids" yetakchisiga qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
6 avg 2023
"Chelsi" "Lids" futbolchisi Tayler Adams bilan shartnoma imzolamoqchi.

London klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ushbu futbolchini kuzatgan va yangi mavsum avvalida jamoada ko'rishni istagan. 

Yoz oyi boshida "Chelsi" Manuel Ugarte bilan shartnoma imzolashga harakat qildi, biroq futbolchi PSJni tanladi. Undan tashqari, klub Moyses Kaysedo transferini ham amalga oshira olmadi.

"Lids" Premer-ligadan tushib ketganidan keyin futbolchining transfer summasi 20 mln funtgacha tushdi. "Chelsi" esa ushbu vaziyatdan foydalanib qolish niyatida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic