"Chelsi" "Kristal Pelas" yetakchisini yozda tekinga qo'lga kiritish niyatida

Omonjon To`xtamirzayev
5 may 2023, 18:03
"Kristal Pelas" hujumchisi Vilfrid Zaa faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin.

Futbolchining "burgutlar" bilan shartnomasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan, "ko'klar" vingerni erkin agent sifatida Londonga taklif qilmoqchilar.

APL bu mavsumidagi 25 o'yinda Zaa 7 ta gol urib, 2 ta golli uzatma etkazib berdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailymail