"Chelsi" Bouli davrida yomon natijalar qayd etmoqda

Mirjalol Normatov
22 mar 2026
Todd Bouli boshqaruvni qo'liga olganidan keyin "Chelsi" biror marta mavsumni 70 ochko bilan tugata olmadi.

Ushbu mavsumda ham londonliklar 70 ochkoga eta olmaydi. Shu orqali jamoa ketma-ket to'rtinchi mavsum ham bu natijani qayd eta olmaydigan bo'ldi. Klubning avvalgi egasi Roman Abramovich qo'l ostida bu seriya uzoq davom etmagan va faqatgina 2019/20 hamda 2020/21 yillarda ketma-ket shunday seriya bo'lgan.

Abramovichning 19 yillik davri mobaynida "Chelsi" faqatgina 4 marta mavsumni 70 ochkodan kamroq tugatgan.

Ketma-ket to'rt mavsumlik 70dan kam ochko Roman Abramovich kelguncha bo'lgan - 1999-2003 yillar.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta