“Chelsi“ “Borussiya D“ futbolchisini sotib olishga yaqin

Khoja
29 iyun 2025, 10:10
“Borussiya D“ning hujumkor futbolchisi Jeymi Bayno-Gittens faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin.

Futbolchi “Chelsi“ga o'tadi. Transfer narxi 65 million evro bo'ladi. Futbolchining o'zi bilan esa 2032 yilning yoziga qadar shartnoma imzolanadi.

Jeymi Bayno-Gittens o'tgan mavsum 48 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 12 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com