"Chelsi" asosiy himoyachisi mashg'ulot vaqtida jarohat orttirib oldi

Sherzod Nurmatov
8 avg 2025, 14:40
"Chelsi"ning angliyalik markaziy himoyachisi Levi Koluill London klubi mashg'ulotlaridan birida jiddiy jarohatlandi.

"Nafaqaxo'rlar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, 22 yoshli angliyalik futbolchi mashg'ulot vaqtida tizzasining xochsimon bog'lamini uzib olgan. Himoyachi allaqachon operaciya qilingan. Koluill reabilitaciyani boshlaydi va deyarli butun mavsumni o'tkazib yuboradi. 

Levi "Chelsi"da 2023 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Bungacha angliyalik futbolchi "Brayton" va "Xaddersfild" jamoalarida harakat qilgan.

Eslatib o'tamiz, Levi Koluill o'tgan mavsum Angliya chempionatida 35 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 1 ta golga assistentlik qildi va 9 marta sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports