CAFA Nations Cup. Hindiston Afg'oniston bilan durang o'ynab, 2-o'ringa joylashdi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2025
CAFA Nations Cup turniri 3-turidan o'rin olgan Afg'oniston – Hindiston bellashuvi yakunlandi.

Unda jamoalar murosa ko'chasini tanladi – 0:0. Shunday qilib, 3 turdan so'ng Hindiston 4 ochko bilan 2-pog'onani band etib turgan bo'lsa, Afg'oniston 1 ochko bilan 4-o'rindan joy oldi. 

Tojikiston ayni paytda 3 ochko bilan 3-o'rinda turibdi, Eron esa 6 ochko bilan yetakchi maqomida. Bu jamoalar o'rtasidagi yakuniy tur uchrashuvi 20:30 ga belgilangan.

CAFA Nations Cup

"B" guruhi. 3-tur

Afg'oniston – Hindiston 0:0 

Xisor. "Markaziy" stadioni. 17:00

Afg'oniston: Hamidi, Kuhyar, A. Arezu, Hanifi, Rahimi (Akbari, 43), Nazari, Skandari, Sherzad (Fatemi, 88), Panahi, Musavi (Hotak, 67), B. Arezu (Zamani, 67).

Hindiston: Gurprit Singx, Valpuia, Rahul Bheke, Anvar Ali, Muhammad Uvays (Naorem Roshan Singx, 90+1), Nixil Prabxu, Suresh Singx (Danish Faruk, 81), Ashik Kuruniyan (Manvir Singx, 46), Jitin Madatil Subran (Udanta Singx, 81), Naorem Singx (Lallianzuala Chhangte, 81), Irfan Yadvad (Vikram Partap, 46).

Ogohlantirishlar: A. Arezu (8), Ashik Kuruniyan (33), Irfan Yadvad (45+1).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia