CAFA Nation`s Cup-2023. Bugun finalda Eronga qarshi o'ynaymiz

Alisher
20 iyun 2023
Bugun terma jamoamiz “CAFA Nation`s Cup-2023" musobaqasining final uchrashuvida maydonga tushadi.

 Raqib Osiyoning eng kuchli termalaridan biri hisoblanmish - Eron terma jamoasi. Uchrashuv soat 20:30da “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi.

 Uchrashuvni bosh hakam vazifasida rossiyalik Kirill Levnikov boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Andrey Vereteshkin va Egor Bolhovitin yordam beradi.



AlisherMuallif
Manba: championat.asia