

Championat.asia sayti jamoasi Turkiyadagi ijodiy safar davomida Avstraliya mezbonlik qiladigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi mashg'ulotiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida terma jamoa bosh murabbiyi Kotrina Kulbite tayyorgarlik jarayoni, guruh bosqichidagi raqiblar, futbolchilarning holati va boshqa masalalarda o'z fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, terma jamoa a'zolari tayyorgarlik jarayoni va qita turniridagi raqiblar to'g'risida mulohazalarini bayon etdi.
Ayni damda O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Avstraliyada davom ettirmoqda. Kulbite shogirdlari "B" guruhida Shimoliy Koreya, Xitoy va Bangladesh bilan kuch sinashadi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo kubogining yarim final ishtirokchilari 2027 yilgi jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Chorak finalda mag'lubiyatga uchragan jamoalar esa qo'shimcha yo'llanmalar uchun bellashadi. Pley-offdagi ikki g'olib ham mundial chiptasini qo'lga kiritsa, mag'lub bo'lgan jamoalar konfederatsiyalararo pley-off bosqichida o'z omadini sinab ko'radi.



