"Buxoro"ning totalizatorga aloqasi yo'q"

Mirjalol Normatov
17 dek 2022
Bugun saytimizda totalizator haqida xabar e'lon qilingandi.

Ana xolos! "Mashal" va "Buxoro"ning bu yilgi o'zaro o'yinida totalizator o'ynalgani aniqlandi

Shundan keyin "Buxoro" jamoasi bosh direktori O'tkir Qodirov saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev bilan aloqaga chiqib, klubning mavzuga umuman aloqasi yo'qligi va bu ishdan endi xabar topganini bildirdi.

"Biz mutlaq halol futbol tarafdorimiz. Boshqa klublar uchun javob bera olmayman. Ammo "Buxoro" bunaqa ishlarga aralashgani yo'q", - deydi Qodirov.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia