"Buxoro" mavsumni qaysi stadionda boshlashi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2025
O'zPFL matbuot xizmati "Buxoro" jamoasi 2025 yilgi mavsumni qaysi stadionda o'yinlarni o'tkazishini ma'lum qildi.

"Avvalroq Superliganing 4 ta klubi yangi mavsumni qaysi arenada o'tkazishi noaniq ekanligi haqida xabar berilgan bo'lib, ular orasida "Buxoro" ham bor ekani ochiqlangandi. 

Bugun - 9 yanvar kuni "Buxoro" klubi Toshkentdagi "Jar" stadioni bilan kelishuvga erishdi va uch tomonlama tuzilgan shartnomani Liga ro'yxatidan o'tkazdi. Shuningdek, "Paxtakor" klubi ham o'z arenasi tayyor bo'lguniga qadar uy uchrashuvlarini "Jar" stadionida o'tkazishi aytilgandi. 

Buxoro shahridagi stadion Superliga talabi darajasiga qachon tayyor bo'lsa, Liga uni qabul qilish uchun o'z mutaxassislarini yuboradi. Stadion qabul qilinganidan keyingina mazkur arenada rasmiy uchrashuvlarni o'tkazish uchun ruxsat etiladi", - deyiladi O'zPFL rasmiy bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: pfl.uz