

Lionel Messining Hindistondagi sarguzashtlari davom etmoqda. Kalkuttadagi tartibsizlik va to'polondan so'ng argentinalik mamlakat janubiga - Haydarobodga yo'l oldi. Bu yerda Leoni ancha madaniyatli qabul qilishdi: tashkilotchilikka hech qanday savol yo'q edi, eng mashhur lahza esa afsonani Telingana shtati bosh vaziri Revant Reddi bilan "paslashgani" bo'ldi.
U birorta ham aniq uzatma amalga oshira olmadi. Anchadan beri hech kim Messini to'p ortidan bu qadar yugurtirmagandi.
Amaldorning orqasida Luis Suares va Rodrigo De Pol turishardi, ularni Hindistonda unchalik tanishmaydi ham. Bo'layotgan voqealar Leoning do'stlarini xursand qilardi.
Vazir futbol o'ynashdan ko'ra, tadbirlarni tashkillashtirishda yaxshiroq ekani aniq. Ammo, shunday bo'lsa ham 56 yoshida munosib formada.

Yana bir omadli futbolchi - Messining qo'lini siqib ko'rishgan qo'riqchi (De Pol emas). Bu vazirga yoqmadi
Qiziqarli paslardan so'ng Messi va vazir turli jamoalarni sardor sifatida boshqarib, futbol o'ynashdi. Siyosatchi hatto gol urdi, Leoda esa dubl.
Ammo, Reddi ish vaqtida o'zini tutib tura olmagan va Messining qo'lini siqib qo'ygan qo'riqchining kayfiyatini biroz tushirdi. Vazir unga yomon qarab qo'ydi.

Ammo xodimga baribir - u baxtli. Tez orada qo'lini yuvishi esa dargumon.

Uchrashuv sobiq bosh vazir Rajiv Gandi nomidagi kriket stadionida bo'lib o'tdi. Messi uchun shaharga parlamentdagi muxolifat yetakchisi va Neru-Gandi siyosiy sulolasining beshinchi avlodi vakili Rahul Gandi keldi. U o'sha Rajivning o'g'li, Indira Gandining nabirasi, birinchi bosh vazir Javoharlal Neruning evarasi. Rahul stadionga opasining bolalari - Priyanka Gandi bilan birga keldi, u ham siyosatchi.
Barcha Messini ko'rishni istaydi: Kalkuttada Bollivud yulduzi Shohruxxon ham o'g'lini futbolchi bilan uchrashuvga olib keldi.

Messi allaqachon Hindiston janubi va sharqida bo'lgan. Keyin g'arbga - Mumbayga, so'ngra shimolga - poytaxt Nyu-Dehliga sayohat. U yerda Leo amaldagi bosh vazir Narendra Modi bilan uchrashadi.
Argentinaning bunday mashhurligiga mamlakatdagi har bir yirik siyosatchi bee'tibor bo'lmoqchi emas.



