"Bunyodkor"ning sobiq ustozi "Kruzeyro"ni boshqarishi mumkin

12 okt 2020, 20:26
"Bunyodkor", "Chelsi, Braziliya va Portugaliya terma jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari "Kruzeyro"da ish boshlashi mumkin.

Ayni paytda "tulkilar" rahbariyati 71 yoshli mutaxssisning nomzodini ko'rib chiqyapti.

"Kruzeyro"ning amaldagi bosh murabbiyi Ney Franko V Seriya 15-turida "Oeste" klubi bilan o'yinda qayd etilgan nursiz durangdan keyin iste'foga chiqarilgan.

Skolari uchun "Kruzeyro" begona emas. U mazkur klubni 2000–2001 yillarda boshqargan. "Ko'klar" Braziliya chempionati joriy mavsumining ortda qolgan 15 turidan keyin 12 ochko bilan turnir jadvalining 19-pog'onasini egallab turibdi.


Manba: sport24