"Bunyodkor" yangi mavsum oldidan ikki legioner olishi mumkin

Mirjalol Normatov
12 dek 2025, 22:15
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev "Bunyodkor" klubining legioner futbolchilar bilan ishlari haqida ma'lumot qoldirdi.

"Bunyodkor" legionerlari haqida batafsil ma'lumot: 

Mavsum tugagach, "Bunyodkor" shartnomalari yakunlangan Nikoloz Mali va Imeda Ashortia bilan xayrlashdi. 

Martin Shroler bilan o'tgan yilda 2 yillik shartnoma tuzilgan va u 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan. 

Marko Bugarin, Itsuki Urata va Matiya Krivokapich bilan yaqinda shartnoma 2027 yil oxirigacha  uzaytirildi. 

Yangi mavsum oldidan Bunyodkor yana ikki legioner olishi mumkin", - deb yozadi Narzulla Saydullaev.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Bugarin 28 o'yinda (1 gol), Ashortia 30 bahsda (10 gol va 2 assist), Mali 28 uchrashuvda (3 assist), Urata 20 bahsda (2 gol, 1 assist), Shroler 28 bahsda (2 gol, 1 assist), Krivokapich esa 10 o'yinda (3 gol, 2 assist) ishtirok etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia