"Bunyodkor" qishda ro'yxatdan o'tkazgan legioner Yevropa klubi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
12 mar 2026
U Toshkent klubida qolmadi.

2025 yilgi mavsumda "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan xorvatiyalik yarim himoyachi Martin Shroler faoliyatini Yevropada davom ettiradigan bo'ldi. U Bosniya va Gertsegovinaning "Posushe" jamoasi bilan shartnoma tuzdi. 

To'ptepar o'tgan mavsum poytaxt klubi tarkibida Superligada 28 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol, 1 ta assist qayd etdi.

Ma'lumot uchun, "Bunyodkor" Shrolerni 2026 yil uchun O'zPFLda ro'yxatdan o'tkazgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia