"Bunyodkor" klubiga bronza medallari topshirildi

Narzulla Saydullayev
25 dek 2019, 23:45
Bugun, 25 dekabr kuni "O'zbekiston" mehmonxonasida "Bunyodkor" klubining yil yakunlariga bag'ishlangan bayrami bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda klubning asosiy tarkib futbolchilariga Superliganing bronza medallari, U-21 yoshlar jamoasiga ham bronza medallari, ayollar jamoasiga esa kumush medallar topshirildi. 

Bundan tashqari "Bunyodkor" bila yil davomida hamkorlik qilib kelgan homiy tashkilotlarga minnatdorchilik bildirildi. Quvonarlisi "Bunyodkor"ning axborot hamkori championat.asia saytiga ham minnatdorchilik sifatida klubning esdalik futbolkasi topshirildi. Bir yil davomida qilingan hamkorlik va bunday e'tibor uchun saytimiz nomidan "Bunyodkor" klubiga rahmat aytamiz! 

Quyida tadbirdan olingan eng sara rasmlarni tomosha qiling.





To'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA

foto: Tolibjon Qosimov 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia